ANTROPOGEN OMILLARNING EKOTIZIMLARGA TA'SIRI VA UNI SALBIY OQIBATLARI

Read full text
Authors: Ibodullayeva Sabina Navoiy Innovatsiyalar Universiteti Biologiya kunduzgi ta'lim yo'nalishi talabasi
Cited by: 0

Abstract

Mazkur tezisda antropogen omillarning tabiiy ekotizimlarga ko’rsatayotgan ta’siri, ularning ekologik muvozanatga salbiy oqibatlari va zamonaviy ekologik muammolar bilan bog’liqligi ilmiy jihatdan tahlil qilinadi. Inson faoliaytining jadallashuvi, xususan sanoatlashtirish, urbanizatsiya, qishloq xo’jaligida intensiv texnologiyalarning qo’llanilishi, tabiiy resurslardan me’yoridan ortiq foydalanish hamda atrof-muhitni ifloslantirish jarayonlari ekotizimlarnining barqarorligiga jiddiy tahdid solmoqda. Antropogen omillar natijasida biologik xilma-xillikning kamayishi, tabiiy landshaftlarning degradatsiyaga uchrashi, trofik zanjirlarning susayishi kabi muammolar keng yoritiladi. Shuningdek, antropogen bosimni kamaytirish, ekologik muhofaza choralarini kuchaytirish va barqaror rivojlanish tamoyillarini joriy etish zarurligi asoslab beriladi. Tadqiqot natijalari ekologiya, biologiya va tabiatni muhofaza qilish sohasidagi ilmiy izlanishlar uchun muhim nazariy va amaliy ahamiyatga ega.

Fields of Study & Subjects

Environmental Quality and Pollution Environmental Ecological and Cultural Studies Sustainable Development and Environmental Management

Publication details

Journal / source
Zenodo (CERN European Organization for Nuclear Research)
Publication date
10 February 2026