BACHADON CHO'ZILISH SINDROMI: KELIB CHIQISH SABABLARI VA EPIDEMIOLOGIYA

Read full text
Authors: Ulug'bek Ahmedov, Ziyoyeva Farangiz Chori qizi, Nigora Ganievna Karimova, Mujgona Jumayeva
Cited by: 0

Abstract

Bachadon cho'zilish sindromi zamonaviy ginekologiyaning dolzarb muammolaridan biri bo'lib, ayollarning hayot sifatini sezilarli darajada pasaytiradi. Ushbu sharh maqolasida bachadon cho'zilish sindromining etiopatogenez mexanizmlari, asosiy xavf omillari va epidemiologik xususiyatlari tahlil qilingan. Tadqiqotda 2015-2024 yillarda nashr etilgan ilmiy manbalar va xalqaro ma'lumotlar bazalari (PubMed, Scopus, Web of Science) asosida o'n mingdan ortiq bemor qatnashgan 127 ta tadqiqot natijasi umumlashtirildi. Adabiyotlar tahlili shuni ko'rsatdiki, kasallik reprodruktiv yoshda 2-3%, postmenopauzada 30-40% hollarda uchraydi. Asosiy etiologik omillarga tug'ruq travmalari (64%), dishormonel o'zgarishlar (23%) va irsiy displaziya (15%) kiradi. Xavf omillari orasida ko'p tug'ruqlilik (OR=4.2), semizlik (OR=2.8) va menopauza (OR=3.5) ajralib turadi. Molekulyar-genetik tadqiqotlar kollagen genlarida polimorfizm mavjudligini va ularning xavfni 3.5 barobar oshirishini aniqladi

Fields of Study & Subjects

Gynecological conditions and treatments Pelvic floor disorders treatments Sexual function and dysfunction studies

Publication details

Journal / source
Zenodo (CERN European Organization for Nuclear Research)
Publication date
10 February 2026
Language
UZ