SUDLARDA JAMOATCHILIK ISHTIROKINING ROLI VA AHAMIYATI
Abstract
Mazkur tadqiqot sudlarda jamoatchilik ishtirokining roli va ahamiyatini nazariy-huquqiy hamda qiyosiy-huquqiy tahlil asosida o‘rganishga bag‘ishlangan. Tadqiqotda sud hokimiyatining shaffofligi va samaradorligini ta’minlashda jamoatchilik ishtirokining tutgan o‘rni yuridik adabiyotlar, xalqaro huquq normalari hamda xorijiy va milliy sud amaliyoti misolida tahlil qilinadi. Tadqiqot doirasida O‘zbekiston Respublikasining amaldagi sud-huquq tizimida jamoatchilik ishtirokining huquqiy asoslari va amaliy holati tahlil qilinib, mazkur institutning ko‘proq formal xarakterga ega ekanligi ilmiy jihatdan asoslab beriladi. Natijada sudlarda jamoatchilik ishtirokini institutsional rivojlantirish, sud jarayonlari ochiqligini ta’minlash va jamoatchilik nazoratini kuchaytirishga qaratilgan ilmiy-amaliy takliflar ishlab chiqilgan.
Fields of Study & Subjects
Judicial and Constitutional Studies
Administrative Law and Governance
Legal processes and jurisprudence
Publication details
- Journal / source
- Zenodo (CERN European Organization for Nuclear Research)
- Publication date
- 29 January 2026
- Language
- UZ