YENGIL ATLETIKA MASHQLARINI OʻRGATISHDA INNOVATSION TEXNOLOGIYALAR
Abstract
Mazkur ishda yengil atletika mashg‘ulotlarini o‘rgatish jarayonida innovatsion texnologiyalardan foydalanishning nazariy asoslari va amaliy imkoniyatlari yoritiladi. Zamonaviy raqamli platformalar, biomexanik tahlil dasturlari, mobil ilovalar, virtual va qo‘shimcha reallik texnologiyalari sportchining texnik ko‘nikmalarini shakllantirishda yuqori samaradorlik berishi ilmiy manbalar asosida asoslab beriladi. Shuningdek, o‘quv mashg‘ulotlarining individualizatsiyasi, yuklama monitoringi, harakat analizini avtomatlashtirish kabi jarayonlarda innovatsion vositalarning o‘rni ko‘rib chiqiladi. Tadqiqot natijalari yengil atletika bo‘yicha trenerlik faoliyatida zamonaviy texnologiyalardan foydalanish o‘quv jarayonining sifatini oshirish, sport natijalarini barqaror yuksaltirish va sportchilarning funksional tayyorgarligini optimallashtirishga xizmat qilishini ko‘rsatadi.
Fields of Study & Subjects
Physical Education and Training Studies
Sports Science and Education
Sports and Physical Education Research
Publication details
- Journal / source
- Latin American journal of education
- Publication date
- 11 February 2026
- Language
- UZ