KIBERSPORT RIVOJIDA INGLIZ TILINING TA'LIMIY VA METODIK AHAMIYATI HAMDA PROFESSIONAL O'SISHGA TA'SIRI

Read full text
Authors: Burxoniddin Sultonov, Sharipova Saboxon Abdillajonovna
Cited by: 0

Abstract

Kibersport (esports) sohasining tez rivojlanishi va globallashuvi natijasida ingliz tili de-fakto aloqa tiliga aylangan. Mazkur tadqiqot esportsda ingliz tilining ahamiyati, xususan, o‘yinchilar va mutaxassislar uchun kommunikatsiya, professional faoliyat va rasmiy hujjatlarni tushunishda zarurligini tahlil qiladi. CS2 (Counter-Strike 2) o‘yinining jamoaviy formatida ingliz tilida beriladigan buyruqlar, taktik ko‘rsatmalar va trening materiallari o‘yinchilardan til ko‘nikmalarini talab qiladi. Shuningdek, ingliz tilini bilish o‘yin dizaynerlari, lokalizatsiya mutaxassislari, streamerlar va casterlar kabi professional sohalarda ham muhim hisoblanadi. Tadqiqot natijalari e-sports mutaxassislari orasida shartnomalarni o‘qish, murabbiy tushuntirishlarini tushunish, jamoa ichida muloqot va omma oldida nutq bo‘yicha kamchiliklar mavjudligini ko‘rsatadi. Shu sababli ESP (English for Specific Purposes) kurslari texnik atamalar, strategik muloqot va legal English bo‘yicha maqsadli tayyorgarlikni ta’minlab, o‘yinchilarning professionalizmi va xalqaro raqobatbardoshligini oshirishga xizmat qiladi.

Fields of Study & Subjects

EFL/ESL Teaching and Learning Digital Games and Media Foreign Language Teaching Methods

Publication details

Journal / source
Zenodo (CERN European Organization for Nuclear Research)
Publication date
11 February 2026