BIR SOSTAVLI GAPLAR TADQIQIDA LOGIK VA GRAMMATIK KATEGORIYANING O'RGANILISHI
Abstract
Ushbu maqolada bir sostavli gaplar tadqiqiga oid logik va grammatik kategoriyalar o‘rganilishi turli tilshunos olimlar qarashlarida yoritib berilgan. Mantiq inson tafakkurining asosiy vositasi bo‘lib, u orqali inson borliqni anglaydi, tahlil qiladi va xulosa chiqaradi. Dunyo tilshunosligida ham lingvist olimlar merosini qayta o‘rganishga qaratilgan tadqiqotlar soni ortib borayotganini kuzatish mumkin. Negaki, keyingi yillarda lingvist-tadqiqotchilarning soni keskin oshib bormoqdaki, bu ular tanlagan tilshunoslik yo‘nalishi rivojiga hissa qo‘shgan insonlarning ilmiy qarashlari bilan yaqindan tanishishni zarur qilib qo‘yadi. Bu, avvalo, zamonaviy lingvistik qarashlarning paydo bo‘lishiga turtki bo‘lsa, boshqa tarafdan esa fanga doir avvalgi qarashlarni yana-da boyitishga xizmat qiladi. Fanning yangi rivojlanish yo‘nalishlaridan kelib chiqib mavjud qarashlarni boyitish, qayta tahlil qilish muhim ahamiyatga ega. Ana shuni tufayli bu turdagi tadqiqot ishlari dolzarblik kasb etadi.
Fields of Study & Subjects
Syntax
Semantics
Linguistic Variation
Linguistics and Cultural Studies
Linguistics and Language Studies
Publication details
- Journal / source
- Zenodo (CERN European Organization for Nuclear Research)
- Publication date
- 5 February 2026
- Language
- UZ