JIGAR VA O'T YO'LLARINING MIKROMORFOLOGIK VA TOPOGRAFIK ANATOMIYASI

Read full text
Authors: Dilmurod Hasanov, Nozima Eshpo'latova
Cited by: 0

Abstract

Ushbu maqola inson organizmidagi eng yirik parenximatoz a’zo — jigarning (hepar) murakkab anatomik tuzilishini va zamonaviy gepatologiya yutuqlari asosida o‘rganadi. Tadqiqotda jigarning gomeostazni saqlashdagi morfologik asosi, uning qorin bo‘shlig‘idagi skeletotopiyasi va sintopiyasi, shuningdek, fiksatsiya apparati bo‘lgan boylamlarning batafsil tavsifi berilgan. Ayniqsa, jigarning ichki arxitekturasi — gepatotsitlar va sinusoidlar uyg‘unligi, darvoza venasining (v. portae) shakllanishi va uning jigar ichidagi tarmoqlanishi, o‘t yo‘llari tizimining (ductus hepaticus communis) shakllanish mexanizmlari ilmiy asoslangan. Maqola jigarning segmentar tuzilishini jarrohlik anatomiyasi nuqtai nazaridan tahlil qilib, jigar darvozasi (porta hepatis) tarkibidagi elementlarning o‘zaro joylashuv qonuniyatlarini keng qamrovli yoritadi.

Fields of Study & Subjects

Medical and Biological Sciences Liver physiology and pathology Comparative Animal Anatomy Studies

Publication details

Journal / source
Zenodo (CERN European Organization for Nuclear Research)
Publication date
11 February 2026