QILQUYRUQ LEKSEMASI ETIMOLOGIYASIGA BIR NAZAR

Read full text
Authors: Kenjayeva Dildora Eshmamatovna
Cited by: 0

Abstract

Ornitonomlar guruhiga kiruvchi zoonimlar nomlanishida o‘ziga xos tarixiy shaklga ega. Zoonimlar nomlanishi, asosan, ularning ovoziga taqlid asosida kelib chiqqan. “Boburnoma”da insonlar bilan bevosita hayot kechiradigan ornitonimlar mavjud. Ularning aksariyati turkiy qatlamga mansub. Qardirg‘och, chumchuq, qarg‘a, chug‘urchuq, bedana, olaqarg‘a, zog‘cha, yapaloq kabi qushlar qatorida Qarshi qushchasi, Murg‘aki Qarshi, Qilquyruq deb nomlangan qush ham mavjud. Birgina hudud orqali keltirilgan bu ornitonim boshqa o‘rinlarda uchramaydi. Qilquyruq leksemasi va uning tarkibidagi quyruq so‘zi etimologik tahlilni talab qiladi. Mazkur zoonimning nomlanishi va ornitonimlar nomida ko‘p uchraydigan quyruq leksemasining qo‘llanish doirasi bilan tanishasiz.

Fields of Study & Subjects

Linguistics and Cultural Studies Linguistics and language evolution Linguistic and Cultural Studies

Publication details

Journal / source
Zenodo (CERN European Organization for Nuclear Research)
Publication date
5 February 2026
Language
UZ