O'ZBEK TILIDA SINTAKTIK TAHLIL QILUVCHI DASTUR YARATISHDA LINGVISTIK QOIDALARNI FORMALASHTIRISH MASALALARI

Read full text
Authors: Sayfiddinova Ziynat Abduzohidovna
Cited by: 0

Abstract

Mazkur maqolada o‘zbek tilida sintaktik tahlil qiluvchi dastur yaratishda lingvistik qoidalarni formalashtirish masalalari yoritiladi. Tadqiqotda an’anaviy grammatik tavsiflar kompyuter tomonidan qayta ishlanishi mumkin bo‘lgan formal qoliplarga aylantiriladi. Gap bo‘laklarini aniqlash uchun asosiy morfologik va sintaktik kategoriyalar (so‘z turkumi, kelishik, shaxs-son moslashuvi va boshqalar) ajratilib, ular asosida “rule-based” yondashuvga tayangan qat’iy qoidalar tizimi ishlab chiqiladi. Shuningdek, taklif etilgan formal qoliplarga mos kelmaydigan istisno holatlar alohida ko‘rib chiqiladi. Tadqiqot natijalari o‘zbek tilida sintaktik tahlil modellarini yaratish uchun nazariy va amaliy asos bo‘lib xizmat qiladi.

Fields of Study & Subjects

Natural Language Processing Techniques Syntax Semantics Linguistic Variation Speech and dialogue systems

Publication details

Journal / source
TECHNICAL SCIENCE RESEARCH IN UZBEKISTAN
Publication date
11 February 2026
Language
UZ