TILSHUNOSLIKDA TERMINOLOGIYA VA TERMINGA NAZARIY-ILMIY YONDASHUVLAR

Read full text
Authors: Axmedova Nigora, Worldly Knowledge Publishing Centre
Cited by: 0

Abstract

Ushbu maqolada terminologiya va termin tushunchalariga oid nazariy-ilmiy yondashuvlar tizimli ravishda tahlil qilinadi. Termin atamasining kelib chiqishi, uning atama va istiloh bilan bog‘lanishi, klassik hamda zamonaviy terminshunos olimlar — O. Vinokur, A. Gerd, V. G. Gak, V. P. Danilenko qarashlari asosida yoritiladi. Shuningdek, Yevgeniy Vyuster tomonidan ishlab chiqilgan xalqaro terminologiyani standartlashtirish tamoyillari, ISO/TC 37 qo‘mitasining tashkil topishi va uning ilmiy amaliyotdagi ahamiyati tahlil qilinadi. Zamonaviy tilshunoslikda kognitiv yondashuvlar, jumladan A. Vejbitskaning Tabiiy Semantik Meta-til nazariyasi termin tahlilidagi o‘rni bilan ko‘rib chiqiladi. Maqolada terminologik tizimlarning shakllanish tamoyillari, bitta belgi — bitta ma’no talabi, terminlarning umumtil birliklaridan farqi ilmiy asosda izohlanadi. Tadqiqot natijalari terminologiyaning fan-texnika taraqqiyotidagi o‘rni va yangi ilmiy tushunchalarni ifodalashdagi dolzarbligini ochib beradi.

Fields of Study & Subjects

linguistics and terminology studies Linguistics and Language Studies Lexicography and Language Studies

Publication details

Journal / source
Zenodo (CERN European Organization for Nuclear Research)
Publication date
11 February 2026
Language
UZ
Document type
Dataset