KREDIT REYTINGI TUSHUNCHASI VA UNING MAKROIQTISODIY DETERMINANTLARI: NAZARIY YONDASHUV

Read full text
Authors: Obidov Asqar Akbar oʻgʻli
Cited by: 0

Abstract

Ushbu tezis rivojlanayotgan mamlakatlarda suveren kredit reytingining makroiqtisodiy va institutsional determinantlarini tahlil qiladi. Kredit reytingi davlatning qarz majburiyatlarini bajarish qobiliyatini ifodalovchi muhim indikator bo‘lib, u kapital oqimlari va qarz qiymatiga bevosita ta’sir ko‘rsatadi. Tadqiqot konseptual ravishda panel ekonometrik modelga asoslanadi va O‘zbekistonni taqqoslanadigan mamlakatlar guruhi doirasida o‘rganishni taklif etadi. Fiskal barqarorlik, davlat qarzi, inflyatsiya, iqtisodiy o‘sish sifati hamda governance indikatorlari reytingning asosiy determinantlari sifatida ko‘rib chiqiladi.

Fields of Study & Subjects

Credit Risk and Financial Regulations Global Financial Crisis and Policies Fiscal Policies and Political Economy

Publication details

Journal / source
Zenodo (CERN European Organization for Nuclear Research)
Publication date
11 February 2026
Language
UZ