AVTONOM ELEKTR TA'MINOTIGA INTEGRATSIYALASHGAN ELEKTRLI ISSIQ POL TIZIMLARINING ENERGIYA SAMARADORLIGINI OSHIRISH IMKONIYATLARINI TADQIQ ETISH
Abstract
Maqolada turar-joy binolarida energiya samarador isitish tizimlarini takomillashtirish masalalari, xususan avtonom elektr ta’minoti bilan integratsiyalashgan elektrli issiq pol tizimlarining texnik va energetik samaradorligi tahlil qilinadi. Iqlim o‘zgarishi, energiya resurslarining qimmatlashuvi hamda markazlashgan energiya tizimlariga yuklamaning ortishi sharoitida past haroratli, avtomatlashtirilgan va ekologik toza isitish texnologiyalarini joriy etish zarurati asoslanadi. Xorijiy ilmiy tadqiqotlar asosida pol osti isitish tizimlarining radiatorli va havoli isitish tizimlariga nisbatan energiya sarfi va issiqlik yo‘qotishlari bo‘yicha ustunliklari ko‘rsatib berilgan. Elektr issiq pol tizimlarining fotoelektrik panellar, issiqlik akkumulyatsiyasi va faza-almashuvchi materiallar bilan integratsiyasi energiya iste’molini kamaytirish va issiqlik shinamligini oshirishning samarali usuli ekanligi ilmiy jihatdan tahlil qilingan. Olingan natijalar avtonom elektrli isitish tizimlarini real iqlim sharoitlarida qo‘llashning yuqori istiqbolliligini tasdiqlaydi.
Fields of Study & Subjects
Building energy efficiency and sustainability
Building Energy and Comfort Optimization
Integrated Energy Systems Optimization
Publication details
- Journal / source
- Zenodo (CERN European Organization for Nuclear Research)
- Publication date
- 11 February 2026
- Language
- UZ
- Document type
- Dataset