ZAMONAVIY JANGOVAR OPERATSIYALARDA YARADORLARNI EVAKUATSIYA QILISH: "OLTIN SOAT" DAN AVTONOM BARQARORLASHTIRISHGA O'TISH

Read full text
Authors: Mirboboyev Doniyor Nuriddinovich,Xudaynazarov Mirzarahim Mirzakarimovich,Fayziyev Xayrullaxon Omonilloyevich, Worldly Knowledge Publishing Centre
Cited by: 0

Abstract

Mazkur tadqiqot ko‘p maqsadli jangovar operatsiyalar sharoitida tibbiy ta‘minot tizimni yangi sifat bosqichiga olib chiqish masalalarini tahlil qiladi. Zamonaviy mojarolar tajribasi evakuatsiya zanjiridagi uzilishlar tufayli an’anaviy “Oltin soat” tamoyili muvaffaqiyatsizlikka uchraganini ko‘rsatmoqda. Tadqiqotda evakuatsiya kechikkan taqdirda ham, agar joyida sifatli tibbiy yordam ko‘rsatilsa, bemorning yashab ketish ehtimoli yuqori ekanligi ilmiy ma‘lumotlar bilan isbotlangan. Sun’iy intellekt va robotlashtirilgan platformalarning integratsiyasi yaradorlarni 72 soatgacha barqarorlashtirish va omon qolish koeffitsientini oshirishning asosiy omili sifatida aniqlandi. Xulosa qilib aytganda, kelajakdagi harbiy-tibbiy tayorgarlik nafaqat texnologik innovatsiyalar, balki mukammal modullar, “10-30-1-2” algoritmi va kiber-chidamli logistika tizimlarini o‘z ichiga olgan yaxlit strategik yondashuv orqali ta‘minlanadi.

Fields of Study & Subjects

Trauma and Emergency Care Studies Military Strategy and Technology Disaster Response and Management

Publication details

Journal / source
International journal of scientific researchers ( IJSR ) INDEXING
Publication date
11 February 2026
Language
EN