BO'LAJAK MUSIQA O'QITUVCHILARINI AN'ANAVIY XONANDALIKKA TAYYORLASH MASALALARI

Read full text
Authors: Umurzoqova Moxlaroy Muxtorjon qizi
Cited by: 0

Abstract

Mazkur ilmiy maqolada bo‘lajak musiqa o‘qituvchilarini an’anaviy xonandalikka tayyorlash jarayonining nazariy va amaliy asoslari atroflicha yoritilgan. Tadqiqotda an’anaviy xonandalik san’atining milliy musiqa ta’limidagi o‘rni, uning yosh avlod ma’naviy-estetik tarbiyasidagi ahamiyati hamda pedagogik jarayondagi vazifalari tahlil qilinadi. Shuningdek, oliy ta’lim muassasalarida musiqa ta’limi yo‘nalishida tahsil olayotgan talabalarni an’anaviy xonandalikka tayyorlashda uchraydigan metodik va ijrochilik muammolari aniqlanib, ularni bartaraf etish yo‘llari ko‘rsatib beriladi. Maqolada vokal mashg‘ulotlarda milliy ijro uslublarini qo‘llash, ustoz-shogird an’analaridan foydalanish hamda talabalarning ijodiy faolligini oshirishga qaratilgan samarali pedagogik yondashuvlar asoslab berilgan.

Fields of Study & Subjects

Diverse Music Education Insights Music Education and Analysis Musicology and Musical Analysis

Publication details

Journal / source
Zenodo (CERN European Organization for Nuclear Research)
Publication date
11 February 2026