Shaxsning individual intellektual rivojlanishi pedagogik muammo sifatida

Read full text
Authors: Kamola Oltiboyeva
Cited by: 0

Abstract

Zamonaviy ta’lim tizimida shaxsning individual intellektual rivojlanishini ta’minlash muammosi tobora dolzarbtus olmoqda. Jamiyatning ijtimoiy-iqtisodiy va madaniy rivoji ta’lim tizimidan nafaqat bilimli, balki mustaqil fikrlayoladigan, tanqidiy yondasha oladigan hamda o‘z intellektual salohiyatini ongli ravishda boshqara oladigan shaxslarnitalab qilmoqda. Ushbu sharoitda intellektual rivojlanishni yagona standartlar asosida tushuntirish va baholash pedagogikjihatdan yetarli emasligi ayon bo‘lmoqda.Mazkur maqolada shaxsning individual intellektual rivojlanishi pedagogik muammo sifatida tahlil qilinadi. Tadqiqotdaintellektual rivojlanishning mazmuni, uning shaxsiy va ta’limiy omillar bilan o‘zaro bog‘liqligi hamda pedagogik jarayondanamoyon bo‘lish xususiyatlari yoritiladi. Intellektual rivojlanish shaxsning faqat kognitiv imkoniyatlari bilan emas, balkimotivatsiyasi, refleksiv faoliyati va ta’lim muhitidagi o‘zaro ta’sirlar orqali shakllanishi ilmiy jihatdan asoslab beriladi.Tadqiqot nazariy-tahliliy xarakterga ega bo‘lib, pedagogika va psixologiya fanlaridagi konseptual yondashuvlar integratsiyasiasosida olib borildi. Natijalar shuni ko‘rsatadiki, individual intellektual rivojlanishni samarali ta’minlash uchun ta’limjarayonida shaxsga yo‘naltirilgan, moslashuvchan va refleksiv pedagogik strategiyalar zarur. Maqola xulosalarida individualintellektual rivojlanishni ta’lim amaliyotining markaziy vazifasi sifatida qarash zarurligi ta’kidlanadi

Fields of Study & Subjects

Psychology of Development and Education Educational methodologies and cognitive development Learning Styles and Cognitive Differences

Publication details

Journal / source
MAKTABGACHA VA MAKTAB TA’LIMI JURNALI
Publication date
2 February 2026
Language
TR