Eshitishida nuqsoni bo'lgan bolalar nutqini rivojlantirishda kompyuter texnologiyalarining pedagogik imkoniyatlari
Abstract
Mazkur maqolada eshitishida nuqsoni bo‘lgan bolalar nutqini rivojlantirishda zamonaviy kompyuter texnologiyalaridanfoydalanishning ilmiy-pedagogik asoslari tahlil qilinadi. Tadqiqot maxsus pedagogika va logopediya amaliyotidaraqamli trening dasturlarining imkoniyatlarini ochib beradi hamda ularning nutqiy va nutqiy bo‘lmagan tovushlarniidrok etish, tahlil qilish va nutqni tanib olish jarayonlariga ta’sirini asoslaydi. Kompyuter texnologiyalariga asoslanganmashg‘ulotlarda vizual-akustik teskari aloqa mexanizmlaridan foydalanish eshituv idrokini faollashtirish va nutqiy faoliyatniongli boshqarish ko‘nikmalarini shakllantirishga xizmat qilishi ko‘rsatib beriladi. Shuningdek, raqamli texnologiyalarningindividual yondashuvni ta’minlash, ta’lim jarayoniga qiziqishni oshirish hamda logopedik ta’sir samaradorliginikuchaytirishdagi didaktik imkoniyatlari yoritiladi. Tadqiqot natijalari kompyuter texnologiyalaridan foydalanish eshitishidanuqsoni bo‘lgan bolalar nutqini rivojlantirishda samarali pedagogik vosita ekanligini tasdiqlaydi
Fields of Study & Subjects
Hearing Loss and Rehabilitation
Language Development and Disorders
Hearing Impairment and Communication
Publication details
- Journal / source
- MAKTABGACHA VA MAKTAB TA’LIMI JURNALI
- Publication date
- 2 February 2026
- Language
- UZ