XX ASR BOSHLARIDA JADIDLAR HARAKATI VA TURKISTON MUXTORIYATI SHAKLLANISHINING SIYOSIY-HUQUQIY ASOSLARI
Abstract
Mazkur maqolada XX asr boshlarida Turkistonda yuzaga kelgan jadidchilik harakati hamda uning siyosiy bosqichi sifatida shakllangan Turkiston Muxtoriyati faoliyati tahlil qilinadi. 1917-yilda Qo‘qon shahrida e’lon qilingan Turkiston Muxtoriyati milliy davlatchilik g‘oyalarining amaliy ifodasi bo‘lib, u jadid ziyolilari tomonidan ilgari surilgan siyosiy, huquqiy va ijtimoiy islohotlar dasturiga asoslangan edi. Maqolada muxtoriyatning tashkil topish sharoiti, davlat boshqaruv tizimi, ijtimoiy-siyosiy faoliyati hamda 1918-yilda sovet kuchlari tomonidan tugatilish jarayoni tarixiy manbalar asosida yoritiladi. Shuningdek, Turkiston Muxtoriyatining o‘zbek milliy davlatchiligi va milliy ong shakllanishidagi o‘rni ilmiy jihatdan baholanadi.
Fields of Study & Subjects
Soviet and Russian History
Islamic Studies and History
Historical Turkish Studies
Publication details
- Journal / source
- Zenodo (CERN European Organization for Nuclear Research)
- Publication date
- 29 January 2026
- Language
- UZ