O'quvchi yoshlarning innovatsion fikrlashini rivojlantirish va uni amaliy faoliyat bilan integratsiyalash
Abstract
Innovatsion fikrlashni rivojlantirish jarayoni o‘quvchi yoshlarda ijodkorlik, tashabbuskorlik, mustaqil qarorqabul qilish hamda yangi g‘oya va yechimlar ishlab chiqish qobiliyatini shakllantiradi. Shu bois, ta’lim muassasalaridaushbu jarayonning amaliyotdagi holatini tahlil etish bugungi kunda dolzarb masalalardan biri hisoblanadi. Mamlakatimizdaso‘nggi yillarda ta’lim sohasida amalga oshirilayotgan islohotlar “Yangi O‘zbekiston – yangi ta’lim” g‘oyasi asosida o‘quvchilardainnovatsion va kreativ fikrlashni rivojlantirishga alohida e’tibor qaratmoqda. Davlat ta’lim standartlarida o‘quvchilarningnafaqat bilim egallashi, balki kompetensiyalar tizimini shakllantirishi, ya’ni o‘z bilimlarini amaliyotda qo‘llaybilish, yangi sharoitlarga moslashish va muammolarni mustaqil hal etish ko‘nikmalarini rivojlantirish asosiy maqsad sifatidabelgilangan. Bu esa innovatsion fikrlashni ta’lim jarayoniga chuqur tatbiq etishni taqozo qiladi. Ushbu maqoladaumumta’lim maktablarida ta’lim olayotgan o‘quvchilarda innovatsion fikrlashni rivojlantirish masalasi amaliy faoliyat bilanintegratsiya nuqtayi nazaridan yoritilgan. Tadqiqot davomida maktab ta’limi jarayonida innovatsion kompetensiyalarnishakllantirishga xizmat qiluvchi pedagogik yondashuvlar tahlil qilinib, fanlar kesimida aniq amaliy misollar asosida xulosalarishlab chiqilgan
Fields of Study & Subjects
Creativity in Education and Neuroscience
Education
Innovation and Language Studies
Educational Methods and Teacher Development
Publication details
- Journal / source
- MAKTABGACHA VA MAKTAB TA’LIMI JURNALI
- Publication date
- 2 February 2026
- Language
- UZ