SUG'ORISH NASOS STANSIYALARIDA ENERGIYA TEJAMKOR TEXNOLOGIYALARNI QO'LLASH

Read full text
Authors: Baxtiyar Shakirov, Абдухалилов Обомуслим Абдумажид Ўғли, Ўринов Искандар Шухратбек ўғли, Jahongir Rasuljonov, Shahnoza Abdullazizova
Cited by: 0

Abstract

Ushbu maqolada qishloq xo‘jaligida sug‘orish tizimlarining asosiy elementi hisoblangan nasos stansiyalarida energiya tejamkor texnologiyalarni qo‘llash masalalari tahlil qilingan. Tadqiqot obyekti sifatida suv chiqarish qobiliyati 630 m³/soat, suv ko‘tarish balandligi 53 m bo‘lgan, quvvati 315 kVt va aylanish tezligi 1500 ayl/min ga teng elektr dvigatel bilan jihozlangan nasos stansiyasi tanlangan. Nasos stansiyasi orqali 701 m uzunlikdagi va 319 mm diametrli bosim quvuri yordamida 56 gektar maydondagi 5–10 yillik meva bog‘lari sug‘oriladi. Tadqiqot jarayonida nasos agregatining gidravlik va energetik ko‘rsatkichlari baholanib, foydali ish koeffitsienti aniqlangan. Olingan natijalar asosida chastota boshqaruv qurilmalaridan foydalanish, quvur tizimini optimallashtirish hamda zamonaviy yuqori samarali nasos va elektr dvigatellarni joriy etish orqali elektr energiyasi sarfini kamaytirish imkoniyatlari asoslab berilgan. Tadqiqot natijalari nasos stansiyalarining energetik samaradorligini oshirish va sug‘orish tizimlarida energiya resurslaridan oqilona foydalanishni ta’minlashga xizmat qiladi.

Fields of Study & Subjects

Engineering and Agricultural Innovations Electric Power Systems and Control Energy Efficiency and Management

Publication details

Journal / source
Zenodo (CERN European Organization for Nuclear Research)
Publication date
12 February 2026
Language
UZ