OG'IZ BO'SHLIG'I BIOFILMLARINING SHAKLLANISH MEXANIZMLARI VA PARODONTIT TO'QIMALARGA TA'SIRI
Abstract
Ushbu maqolada ogʻiz bo‘shlig‘ida biofilmlarning shakllanish jarayonlari, ularning strukturaviy-funktsional xususiyatlari hamda parodont to‘qimalarga ko‘rsatadigan patogen ta’siri har tomonlama tahlil qilingan. Biofilm hosil bo‘lishi tish yuzasida so‘lak tarkibiy qismlaridan tashkil topgan pellikula qatlamiga mikroorganizmlarning dastlabki yopishishi bilan boshlanadi va keyinchalik bakteriyalarning ko‘payishi, o‘zaro metabolik hamkorligi hamda ekstrasellyulyar polimerik matritsa sintezi orqali murakkab ko‘p turlik mikrobial jamiyat shakllanishi bilan davom etadi. Biofilm tarkibida patogen anaerob mikroorganizmlarning ustunlashuvi mikrobial disbiozga olib kelib, ularning ajratadigan endotoksinlari, proteolitik fermentlari va boshqa virulentlik omillari parodont to‘qimalarda yallig‘lanish jarayonlarini faollashtiradi. Bu holat mahalliy immun javobning kuchayishi, proinflamator sitokinlar sekretsiyasining ortishi, kollagen tolalarning parchalanishi hamda alveolyar suyak rezorbsiyasi bilan kechadi. Natijada gingivit va periodontit kabi surunkali parodont kasalliklarining rivojlanishi, parodont cho‘ntaklarning chuqurlashuvi va tishlarni tutib turuvchi to‘qimalarning strukturaviy va funksional buzilishlari yuzaga keladi. Maqolada, shuningdek, biofilmlarning antibakterial preparatlarga va immun himoya mexanizmlariga nisbatan chidamliligi, ularning parodont kasalliklar patogenezidagi markaziy o‘rni hamda profilaktika va davolash yondashuvlarini takomillashtirishdagi ahamiyati zamonaviy ilmiy manbalar asosida yoritilgan.
Fields of Study & Subjects
Oral microbiology and periodontitis research
Bacterial biofilms and quorum sensing
Periodontal Regeneration and Treatments
Publication details
- Journal / source
- Zenodo (CERN European Organization for Nuclear Research)
- Publication date
- 12 February 2026