OʻZBEKISTONDA IMPORTNI ALMASHTIRISH JARAYONINING MINTAQAVIY XUSUSIYATLARI

Read full text
Authors: Xaydarov Kamoliddin Axmadali o'g'li
Cited by: 0

Abstract

Mazkur maqolada Oʻzbekistonda importni almashtirish siyosatining shakllanishi, institutsional asoslari hamda amaliy ijro mexanizmlari mintaqalar kesimida kompleks ilmiy tahlil qilinadi. Tadqiqot jarayonida import oʻrnini bosuvchi mahsulotlar ishlab chiqarish hajmi va tarkibiga ta'sir etuvchi asosiy hududiy omillar, xususan, tabiiy-resurs salohiyati, ishlab chiqarish infratuzilmasining rivojlanish darajasi, mehnat resurslarining miqdoriy va sifat koʻrsatkichlari, logistika va transport-kommunikatsiya tizimlarining holati chuqur baholanadi. Shuningdek, sanoatlashuv darajasi yuqori boʻlgan hududlar bilan agrar yoʻnalishga ixtisoslashgan mintaqalarda importni almashtirish jarayonining oʻziga xos jihatlari aniqlanib, ularning iqtisodiy samaradorligi va hududiy rivojlanishga ta'siri qiyosiy tahlil asosida ochib beriladi. Tadqiqotda mintaqaviy ixtisoslashuv, sanoat kooperatsiyasi va mahalliylashtirish dasturlarining importga qaramlikni qisqartirishdagi roli asoslab beriladi. Maqola natijalari hududiy sanoat siyosatini takomillashtirish, importni almashtirish jarayonida mintaqalarning nisbiy ustunliklaridan samarali foydalanish hamda ichki bozorni mahalliy mahsulotlar bilan toʻldirishga qaratilgan strategik qarorlar ishlab chiqishda ilmiy-amaliy ahamiyat kasb etadi.

Fields of Study & Subjects

Economic Development and Regional Competitiveness Global Political and Economic Relations Regional Economics and Spatial Analysis

Publication details

Journal / source
Zenodo (CERN European Organization for Nuclear Research)
Publication date
12 February 2026
Language
UZ