O'ZBEKISTONDA SOLIQ MA'MURATCHILIGINI RAQAMLASHTIRISH ORQALI XUFIYONA IQTISODIYOTNI QISQARTIRISH MEXANIZMLARINI TAKOMILLASHTIRISH

Read full text
Authors: Davlatov Baxriddin Xamidjanovich
Cited by: 0

Abstract

Mazkur maqolada O‘zbekistonda soliq ma’muratchiligini raqamlashtirish jarayonlarining hozirgi holati, ularning xufiyona iqtisodiyot ulushini qisqartirishdagi ahamiyati hamda amaliy samaradorligi kompleks tarzda ilmiy tahlil qilinadi. Tadqiqot doirasida soliq tizimida joriy etilgan elektron soliq xizmatlari, soliq to‘lovchilarning shaxsiy kabinetlari, raqamli fiskal nazorat mexanizmlari, onlayn nazorat-kassa mashinalari, elektron hisob-fakturalar, tovarlarni raqamli markirovkalash hamda davlat organlari o‘rtasida soliq ma’lumotlarini integratsiyalash tizimlarining iqtisodiy va institutsional ta’siri baholanadi. Maqolada raqamli texnologiyalarning soliq ma’muratchiligida qo‘llanilishi natijasida soliq tushumlari barqarorligining oshishi, soliq intizomining mustahkamlanishi, korrupsion xavflarning kamayishi va yashirin iqtisodiy faoliyatni aniqlash imkoniyatlarining kengayishi ilmiy dalillar asosida yoritiladi. Shuningdek, raqamlashtirish jarayonining soliq to‘lovchilarning ixtiyoriy rioya darajasiga ta’siri ham alohida tahlil qilinadi.

Fields of Study & Subjects

Taxation and Compliance Studies E-Government and Public Services Economic and Fiscal Studies

Publication details

Journal / source
Zenodo (CERN European Organization for Nuclear Research)
Publication date
12 February 2026
Language
UZ