INSON RUHIYATI BILAN BOGʻLIQ METAFORIK MODELLAR: INGLIZ VA O'ZBEK TILLIDAGI EMOTSIONAL BIRLIKLAR ORQALI MILLIY TAFAKKURNING IFODALANISHI

Read full text
Authors: Atakulova Kamola, Muratxadjayeva Feruza
Cited by: 0

Abstract

Mazkur maqolada inson ruhiyati bilan bog‘liq metaforik modellar ingliz va o‘zbek tillaridagi emotsional birliklar misolida tahlil qilinadi. Tadqiqotda emotsiyalarni ifodalovchi leksik va frazeologik birliklar orqali milliy tafakkurning lingvistik aks etishi masalasi markaziy o‘rin egallaydi. Kognitiv tilshunoslik yondashuviga asoslangan holda metafora nafaqat badiiy vosita, balki inson ongida hissiy holatlarni idrok etish va tushuntirish mexanizmi sifatida qaraladi. Ingliz va o‘zbek tillarida ruhiy holatlar ko‘pincha tana a’zolari, ranglar, tabiiy hodisalar hamda makon bilan bog‘liq obrazlar orqali ifodalanishi aniqlanadi. Ushbu metaforik modellar xalqlarning tarixiy tajribasi, madaniy qadriyatlari va ijtimoiy ongini aks ettiradi. Qiyosiy tahlil natijalari shuni ko‘rsatadiki, ayrim emotsional metaforalar universallikka ega bo‘lsa-da, ularning semantik yuklamasi va konseptual talqini har bir til va madaniyatda o‘ziga xosdir. Tadqiqot natijalari madaniyatlararo kommunikatsiya, tarjima nazariyasi hamda kognitiv-semantik tadqiqotlar uchun muhim ilmiy ahamiyatga ega.

Fields of Study & Subjects

Language Metaphor and Cognition Language and Culture Categorization perception and language

Publication details

Journal / source
Zenodo (CERN European Organization for Nuclear Research)
Publication date
12 February 2026