ONLAYN TA'LIM VA INGLIZ TILINI O'QITISHNING NAZARIY-METODIK ASOSLARI
Abstract
Mazkur maqolada onlayn ta’lim sharoitida ingliz tilini o‘qitishning nazariy va metodik asoslari tahlil qilinadi. Tadqiqotda zamonaviy pedagogik yondashuvlar, axborot-kommunikatsiya texnologiyalarining til o‘qitish jarayonidagi o‘rni hamda masofaviy ta’limning didaktik imkoniyatlari yoritilgan. Onlayn ta’lim platformalari, raqamli ta’lim resurslari va interaktiv metodlarning ingliz tilini o‘rgatishdagi samaradorligi ilmiy-nazariy jihatdan asoslab berilgan. Shuningdek, maqolada kommunikativ yondashuv, kompetensiyaviy yondashuv va talaba markazli ta’lim tamoyillarining onlayn muhitda qo‘llanilishi ko‘rib chiqiladi. Ingliz tilini o‘qitishda tinglab tushunish, gapirish, o‘qish va yozish ko‘nikmalarini rivojlantirishda onlayn metod va vositalarning afzalliklari tahlil qilinadi. Tadqiqot natijalari onlayn ta’lim jarayonida ingliz tilini samarali o‘qitish uchun metodik tavsiyalar ishlab chiqishga xizmat qiladi.
Fields of Study & Subjects
English Language Learning and Teaching
Foreign Language Teaching Methods
Education
Innovation and Language Studies
Publication details
- Journal / source
- Zenodo (CERN European Organization for Nuclear Research)
- Publication date
- 12 February 2026
- Language
- UZ