INGLIZ VA O'ZBEK TILLARIDA EMOTSIYALARNI IFODALOVCHI OBRAZLI BIRLIKLARNING KOGNITIV TALQINIDA TIL VA MADANIYAT UYG'UNLIGI

Read full text
Authors: Xanaliyeva Gulhumor Sodiqovna, F.X. Muratxodjayeva
Cited by: 0

Abstract

Mazkur maqolada ingliz va o‘zbek tillarida emotsiyalarni ifodalovchi obrazli birliklarning kognitiv talqini hamda ularning til va madaniyat uyg‘unligidagi o‘rni qiyosiy jihatdan tahlil qilinadi. Tadqiqotda emotsional birliklar orqali inson ruhiyati, milliy tafakkur va madaniy tajribaning til vositasida qanday aks etishi ochib beriladi. Kognitiv tilshunoslik nazariyasiga tayangan holda metaforik va obrazli birliklarning konseptual tuzilishi, ularning semantik xususiyatlari hamda madaniy asoslari yoritiladi. Ingliz va o‘zbek tillarida emotsiyalarni ifodalashda qo‘llaniladigan til birliklari o‘rtasidagi o‘xshash va farqli jihatlar aniqlanib, ularning milliy mentalitet bilan uzviy bog‘liqligi asoslanadi. Tadqiqot natijalari emotsional konseptlarning til va madaniyat kesishmasidagi ahamiyatini ochib berishga xizmat qiladi.

Fields of Study & Subjects

Language Metaphor and Cognition Language and Culture Linguistic research and analysis

Publication details

Journal / source
Zenodo (CERN European Organization for Nuclear Research)
Publication date
12 February 2026