O'ZBEK VA KOREYS MAQOLLARIDA GENDER ROLLARI
Abstract
Ushbu maqolada koreys va o’zbek maqollarida ayol va erkaklar haqidagi tasavvurlarni taqqoslab, ularning madaniy, ijtimoiy va axloqiy qadriyatlar bilan bog'liqligini tahlil qilinadi. Tadqiqotda ikki xalq donishmandligida jinsiy rollar qanday ifodalangani, ayolning mehribonlik, erkakning mas'uliyat kabi fazilatlar orqali tasvirlanishi tahlil qilinadi. Shuningdek, o'xshash va farqli jihatlar aniqlanib, xalq og'zaki ijodining jamiyatdagi gender stereotiplariga ta'siri yoritiladi. Maqola o'zaro madaniy anglashuvni kengaytirishga xizmat qiladi. Ushbu tahlil orqali har ikki xalqning qadimiy qarashlari zamonaviy jamiyatdagi gender munosabatlarini anglashga yordam berishi, shuningdek, maqollarning tarbiyaviy ahamiyati va ijtimoiy xulq-atvorni shakllantirishdagi roli yanada chuqurroq yoritiladi. Bu esa madaniy merosni chuqurroq anglashga imkon yaratadi va ijtimoiy tushunchalarni rivojlantiradi.
Fields of Study & Subjects
Folklore
Mythology
and Literature Studies
Gender and Feminist Studies
Gender Studies in Language
Publication details
- Journal / source
- Zenodo (CERN European Organization for Nuclear Research)
- Publication date
- 12 February 2026
- Language
- UZ