O'ZBEK VA INGLIZ GEORTONIMLARINING LINGVOMADANIY TABIATINI QIYOSIY TAHLILI

Read full text
Authors: Norpo'latova Madinaxon Nurali qizi, Mukumov Maxmud Xudayberdiyevich
Cited by: 0

Abstract

Maqolada “makon” konsepti va geortonimlar (yirik hudud, mintaqa, mamlakat nomlari; xalqaro terminologiyada choronym)ning o‘zbek va ingliz tillaridagi lingvomadaniy talqini qiyosiy rakursda yoritiladi. Makon to‘g‘risidagi tasavvur nafaqat geografik koordinata, balki tajriba, qadriyat, xotira va ijtimoiy tartibni tashkil etuvchi kognitiv konstrukt sifatida qaraladi; shu bois geortonimlar “joy nomi” bo‘lishdan tashqari, madaniy kod va diskursiv resursga aylanadi. Tadqiqot nazariy asos sifatida inson geografiyasidagi “space–place” farqlanishi, kognitiv tilshunoslikdagi metaforik konseptualizatsiya va fazoviy referens tizimlari haqidagi yondashuvlarni birlashtiradi, shuningdek geografik nomlarni standartlashtirish bo‘yicha BMT tavsiyalaridagi endonim–ekzonim ta’riflari bilan bog‘laydi. Natijalar o‘zbek va ingliz geortonimlari muomalasida uchta markaziy mexanizmni ko‘rsatadi: (1) makonning qadriyatlashuvi va “o‘z–begona” chegaralanishi; (2) ekzonimlarning tarixiy-institutsional “mustahkamligi” hamda endonimning identitet markeriga aylanishi; (3) romanizatsiya va standartlashuv geortonimlarni global kommunikatsiyada “texnik” emas, balki ijtimoiy ma’noli amaliyotga aylantirishi.

Fields of Study & Subjects

Language and Culture Linguistics and Language Studies linguistics and terminology studies

Publication details

Journal / source
Zenodo (CERN European Organization for Nuclear Research)
Publication date
12 February 2026
Language
UZ