OIV-INFEKSIYASI BIRLAMCHI PROFILAKTIKASINI AHOLI ORASIDA SAMARALI TASHKIL ETISHNING TIBBIY VA IJTIMOIY ASOSLARI

Read full text
Authors: Nuraddin Yuldashev, Namoz Mavlonov
Cited by: 0

Abstract

Mazkur maqolada aholi orasida OIV-infeksiyasining birlamchi profilaktikasini samarali tashkil etishning tibbiy va ijtimoiy asoslari о‘rganilgan. Tadqiqot doirasida OIV-infeksiyasi, uning yuqish yо‘llari va oldini olish choralari bо‘yicha aholining bilim darajasi tahlil qilindi. 19–60 yoshdagi 590 nafar respondent ishtirokida sо‘rovnoma о‘tkazilib, yosh, jins, ta’lim darajasi, oilaviy holati va migratsion faollik kabi omillar inobatga olindi. Natijalar shuni kо‘rsatdiki, uyushmagan yoshlar va mehnat migrantlari orasida OIV-infeksiyasi hamda uning profilaktikasi bо‘yicha bilimlar yetarli emas. Ayniqsa, jinsiy madaniyatning pastligi va ishonchli axborot manbalarining cheklanganligi kasallik tarqalishi uchun xavf omillaridan biri ekanligi aniqlandi. Olingan ma’lumotlar asosida aholining turli guruhlari, xususan uyushmagan yoshlar va mehnat migrantlari uchun yо‘naltirilgan birlamchi profilaktika tadbirlarini takomillashtirish zarurligi asoslab berildi

Fields of Study & Subjects

HIV/AIDS Research and Interventions HIV TB and STIs Epidemiology Drug Use Sexual Risk

Publication details

Journal / source
Zenodo (CERN European Organization for Nuclear Research)
Publication date
12 February 2026
Language
UZ