BOSHLANG'ICH SINF MATEMATIKA DARSLARIDA RAQAMLI TEXNOLOGIYALARDAN FOYDALANISH IMKONIYATLARI
Abstract
Mazkur maqolada boshlang‘ich sinf matematika darslarida raqamli texnologiyalardan foydalanishning ilmiy-nazariy asoslari hamda amaliy imkoniyat-lari tadqiq etilgan. Maqolada raqamli ta’lim vositalarining matematika fanini o‘qitish jarayonidagi didaktik ahamiyati, ularning o‘quvchilarning matematik savodxonligi, mantiqiy tafakkuri va bilish faolligini rivojlantirishga ta’siri tahlil qilingan. Boshlan-g‘ich sinf o‘quvchilarining yosh va psixologik xususiyatlarini inobatga olgan holda, matematika darslarida raqamli texnologiyalar asosida o‘qitishning samarali shakl, metod va vositalari ishlab chiqilgan. Ularning natijalari asosida raqamli texnologiya-lardan foydalanish o‘quv jarayonining samaradorligini oshirishga xizmat qilishi ilmiy jihatdan asoslab berilgan. Olingan natijalar boshlang‘ich ta’lim muassasalarida matematika fanini o‘qitish amaliyotini takomillashtirish, o‘qituvchilarning raqamli pedagogik kompetensiyalarini rivojlantirish hamda zamonaviy ta’lim muhitini yaratishda muhim ahamiyat kasb etadi.
Fields of Study & Subjects
Mathematics Education and Teaching Techniques
Education and Technology Integration
Innovative Educational Technologies
Publication details
- Journal / source
- Zenodo (CERN European Organization for Nuclear Research)
- Publication date
- 13 February 2026
- Language
- UZ