BO'LAJAK LOGOPEDLARNING SENSOR INTEGRATSIYA TEXNOLOGIYALARIGA TAYYORGARLIGINING DOLZARBLIGI
Abstract
Sensor integratsiya atrof-muhit talablariga moslashuvchan(adaptiv) javoblarni ishlab chiqarish uchun miya tomonidan qayta ishlanadigan sensor stimullarni tashkil etish jarayonini o‘z ichiga oladi. Ba’zi bolalar uchun axborotni har kuni sensor qayta ishlash katta qiyinchilik tug‘dirishi mumkin va bu sensor integratsiya disfunksiyasi deb ataladi. Sensor integratsiya disfunksiyasi quyidagi hollarda yuzaga keladi: turli sensor tizimlarning stimullarni tanib olish, qayta ishlash va boshqa tizimlardan olingan ma’lumotlar bilan integratsiyalash qobiliyati – sensor modulyatsiya buziladi. Sensor integratsiya texnologiyalari turli patologiyaga ega bolalarda qo‘llaniladigan eng yangi, keng qamrovli korreksion usullardan biridir. Sensor va perseptiv rivojlanish ijtimoiy tajribaga singib ketgan sensor taassurotlarga asos bo‘ladi. Shuning uchun kichik yoshdagi bolalarni faol ishtirok etishga undaydigan, ular bosh miyasidagi mavjud neyron aloqalarini mustahkamlash, xulq-atvor namunalarini o‘rnatish, harakatlar natijasini oldindan ko‘ra bilish uchun sensor integratsiya zarur. Ushbu tadqiqotning maqsadi sensor integratsiya va nutq o‘rtasidagi bog‘liqlikni ko‘rsatish bo‘lib, dastlab sensor qayta ishlashning roli va uning bolaning umumiy rivojlanishidagi ahamiyati haqida umumiy ma’lumot berildi. Shuningdek, bolalarda nutqning ishlashi va rivojlanishi uchun sensor qayta ishlashni o‘rganish muhimligi ta’kidlandi.
Fields of Study & Subjects
Developmental and Educational Neuropsychology
Multisensory perception and integration
Language Development and Disorders
Publication details
- Journal / source
- Zenodo (CERN European Organization for Nuclear Research)
- Publication date
- 13 February 2026
- Language
- UZ