O'QUVCHILARDA RAQAMLI MADANIYATNI SHAKLLANTIRISHDA ROBOTOTEXNIKA TEXNOLOGIYALARINING O'RNI.

Read full text
Authors: G'iyosova Xilola Isroil qizi, Qodirov Farrux Ergash o'g'li, Allanazarova Anora Muxobir Qizi
Cited by: 0

Abstract

Mazkur maqolada o‘quvchilarda raqamli madaniyatni shakllantirishda robototexnika texnologiyalarining o‘rni, ularning ta’lim jarayonida innovatsion yondashuvlarni rivojlantirishdagi ahamiyati hamda o‘quvchilarning raqamli kompetensiyalarini oshirishga ta’siri tahlil qilinadi. Robototexnika texnologiyalari yordamida o‘quvchilar dasturlash asoslarini o‘rganish, algoritmik fikrlashni rivojlantirish, texnik qurilmalar bilan ishlash ko‘nikmalarini egallash hamda raqamli muhitda samarali faoliyat yuritish imkoniyatiga ega bo‘ladilar. Tadqiqotda robototexnika asosidagi amaliy mashg‘ulotlar, loyihaviy o‘qitish metodlari va interaktiv texnologiyalarning o‘quvchilarda mas’uliyatli raqamli foydalanish madaniyatini shakllantirishdagi roli yoritiladi. Shuningdek, robototexnika texnologiyalarini ta’lim tizimiga integratsiya qilish orqali o‘quvchilarning ijodiy, analitik va texnik kompetensiyalarini rivojlantirish imkoniyatlari asoslab beriladi.

Fields of Study & Subjects

Educational Robotics and Engineering Teaching and Learning Programming Digital literacy in education

Publication details

Journal / source
Zenodo (CERN European Organization for Nuclear Research)
Publication date
14 February 2026
Language
UZ