LEGO KONSTRUKTORLARI ASOSIDA BOSHLANG'ICH SINF O'QUVCHILARIDA KREATIV FIKRLASHNI RIVOJLANTIRISH.
Abstract
Mazkur maqolada LEGO konstruktorlari asosida boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida kreativ fikrlashni rivojlantirishning pedagogik imkoniyatlari tahlil qilinadi. Tadqiqotda LEGO konstruktorlari yordamida tashkil etilgan amaliy mashg‘ulotlar o‘quvchilarning tasavvurini kengaytirish, muammoli vaziyatlarga ijodiy yechim topish, mustaqil fikrlash va jamoada ishlash ko‘nikmalarini shakllantirishdagi ahamiyati yoritiladi. Shuningdek, konstruktorlar bilan ishlash jarayonida o‘yin texnologiyalari, loyihaviy yondashuv hamda STEAM ta’lim elementlarini qo‘llash orqali o‘quvchilarning faolligi va qiziqishini oshirish imkoniyatlari asoslab beriladi. Tadqiqot natijalari LEGO konstruktorlari asosida tashkil etilgan darslar o‘quvchilarning kreativ fikrlash darajasini oshirish, ularning texnik tafakkurini rivojlantirish va amaliy faoliyatga yo‘naltirilgan ta’limni samarali tashkil etishda muhim vosita ekanligini ko‘rsatadi.
Fields of Study & Subjects
Creativity in Education and Neuroscience
Educational Robotics and Engineering
Early Childhood Education and Development
Publication details
- Journal / source
- Zenodo (CERN European Organization for Nuclear Research)
- Publication date
- 14 February 2026
- Language
- UZ