Bo'lajak boshlang'ich sinf o'qituvchilari faoliyatida kreativ-tanqidiy fikrlash va muammoli ta'lim texnologiyalari integratsiyasining didaktik imkoniyatlari

Read full text
Authors: Muxlisa JUMAYEVA
Cited by: 0

Abstract

Ushbu maqola bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining kreativ-tanqidiy fikrlashini muammoli ta’lim texnologiyalariyordamida rivojlantirish hamda pedagogik jarayonga integratsiya qilishning didaktik imkoniyatlarini o‘rganishgabag‘ishlangan. Tadqiqotda muammoli ta’limga asoslangan innovatsion yondashuvlar, interaktiv dars metodlari,refleksiv va analitik mashqlar orqali o‘qituvchilarning kreativ va tanqidiy fikrlash ko‘nikmalarini shakllantirish usullari tahlilqilinadi. Shu bilan birga, maqolada muammoli ta’lim texnologiyalarining pedagogik jarayonda qo‘llanilish samaradorligi,o‘quvchilarning faolligi va mustaqil fikrlashini rag‘batlantirishdagi roli, shuningdek, o‘qituvchilarning professional kompetensiyasinioshirishdagi ahamiyati ilmiy asosda yoritib beriladi.Tadqiqot natijalari shuni ko‘rsatdiki, muammoli ta’lim texnologiyalari o‘qituvchilarning pedagogik kompetensiyasini oshirish,dars jarayonida individual yondashuvni tatbiq etish hamda pedagogik innovatsiyalarni samarali joriy etish imkonini beradi.Shu bilan birga, muammoli ta’lim o‘quvchilarni mustaqil fikrlashga, murakkab pedagogik vaziyatlarda yechim topishga vao‘z pedagogik qarorlarini tanqidiy asoslashga rag‘batlantiradi. Tadqiqot jarayonida o‘qituvchilarning kreativ va tanqidiyfikrlash ko‘nikmalarini shakllantirishda interaktiv mashqlar, refleksiv yozuvlar, guruhli ishlar, muammoli vazifalar hamdatahliliy metodlardan foydalanishning yuqori samaradorligi aniqlangan

Fields of Study & Subjects

Educational Methods and Teacher Development Education and Critical Thinking Development Problem and Project Based Learning

Publication details

Journal / source
MAKTABGACHA VA MAKTAB TA’LIMI JURNALI
Publication date
2 February 2026
Language
UZ