YOSHLARNI MAFKURAVIY TAHDIDLARDAN HIMOYA QILISHDA AXBOROT TARBIYASINING O'RNI

Read full text
Authors: Ilhom Abdixalilovich Suvanov
Cited by: 0

Abstract

Mazkur maqolada zamonaviy axborot makonida yoshlar ongiga salbiy ta’sir ko‘rsatuvchi axborot-mafkuraviy tahdidlar tahlil qilinadi hamda ularning oldini olishda axborot tarbiyasining ahamiyati ochib beriladi. Axborot tarbiyasi yosh avlodni g‘oyaviy qarashlar, axloqiy me’yorlar va ijtimoiy qadriyatlar asosida ongli tanlovga o‘rgatish, ularni salbiy informatsion ta’sirlarga nisbatan immunitetli qilishning asosiy pedagogik-psixologik vositasi sifatida qaraladi. Maqolada yoshlarning axborotga nisbatan ongli munosabatini shakllantirish, ularning ruhiy-ma’naviy barqarorligini ta’minlash, tanqidiy fikrlashini rivojlantirish orqali turli xil buzg‘unchi g‘oyalarga qarshi immunitet hosil qilishda axborot tarbiyasining o‘rni va metodologiyasi tahlil qilinadi. Shu bilan birga, milliy va tarixiy-ma’naviy manbalardagi g‘oyaviy qarashlar, klassik meros asosida axborot tarbiyasiga oid yondashuvlar chuqur ilmiy asosda yoritilgan.

Fields of Study & Subjects

Values and Moral Education Education and Character Development Literacy Media and Education

Publication details

Journal / source
Zenodo (CERN European Organization for Nuclear Research)
Publication date
15 February 2026
Language
UZ