2020–2025 YILLARDA TURKIYANING NATO DOIRASIDAGI STRATEGIK AVTONOMIYASI: YANGI BOSQICH VA ISTIQBOLLAR

Read full text
Authors: Abduraximov Orifxon Shokir o'g'li, Worldy Knovledge Publishing Centre
Cited by: 0

Abstract

Mazkur tezisda 2020–2025 yillar davomida Turkiyaning NATO doirasidagi strategik avtonomiyasi yangi va sifat jihatidan murakkab bosqichga ko‘tarilgan siyosiy jarayon sifatida kompleks tahlil qilinadi. Tadqiqot Turkiyaning alyans doirasida milliy manfaatlarga asoslangan mustaqil qaror qabul qilish salohiyati, harbiy-siyosiy moslashuvchanligi hamda mintaqaviy va global xavfsizlik muhitidagi o‘zgaruvchan sharoitlarga mos ravishda olib borilayotgan tashqi siyosat evolyutsiyasini yoritishga qaratilgan. Strategik avtonomiya ushbu davrda Turkiya uchun alyans majburiyatlarini inkor etmagan holda, milliy xavfsizlik ustuvorliklarini ilgari surishning muhim vositasi sifatida namoyon bo‘lmoqda. Tezis doirasida Rossiya–Ukraina urushi sharoitida Turkiyaning Qora dengiz mintaqasidagi muvozanat siyosati, Montre konvensiyasiga amal qilishi hamda vositachilik diplomatiyasi Anqaraning NATO ichida mustaqil, biroq mas’uliyatli aktor sifatidagi o‘rni nuqtayi nazaridan tahlil etiladi. Shuningdek, harbiy sanoatning milliylashtirilishi, mudofaa texnologiyalarining rivoji va tashqi harbiy-texnik bog‘liqlikning qisqarishi Turkiyaning strategik avtonomiyasining institutsional va moddiy-texnik asoslari sifatida baholanadi [3, 158-162]. AQSh va Yevropa Ittifoqi bilan munosabatlar kontekstida esa Turkiyaning strategik avtonomiyasi alyans ichidagi siyosiy muvozanatlar va kollektiv xavfsizlik tizimi istiqbollari bilan bog‘liq holda tahlil qilinadi. Tadqiqot natijalari Turkiyaning NATO doirasidagi strategik avtonomiyasi alyansning moslashuvchanligini oshiruvchi omil sifatida namoyon bo‘layotganini ilmiy asosda ko‘rsatishga xizmat qiladi.

Fields of Study & Subjects

Turkey's Politics and Society European Politics and Security International Relations and Foreign Policy

Publication details

Journal / source
Zenodo (CERN European Organization for Nuclear Research)
Publication date
15 February 2026
Language
UZ
Document type
Dataset