MAKTABGACHA TA'LIM TASHKILOTLARIDA BOLALARNI MUSIQIY CHOLG'U ASBOBLARI IJROSIGA O'RGATISH USULLARI
Abstract
ushbu maqola, maktabgacha ta'limda bolalarga cholg'u asboblarini o'rgatishning muhimligini va ularning musiqiy rivojlanishini qanday qo'llab-quvvatlashni ko'rib chiqadi. Maktabgacha yoshdagi bolalar uchun cholg'u asboblarini o'rgatish ularning musiqiy didini rivojlantirish, emotsional va ijtimoiy ko'nikmalarini shakllantirish, shuningdek, ijodiy qobiliyatlarini rivojlantirishda muhim ahamiyatga ega. Tadqiqotda musiqiy ta'limning bolalar ongiga, ruhiyatiga va umumiy rivojlanishiga qanday ta'sir qilishi haqida so'z boradi. Maqolada turli o'qitish metodlari va texnikalarini, jumladan, o'yin, musiqiy ijro, didaktik materiallar va vokal-instrumental metodlarni qo'llashning samaradorligi tahlil qilingan. Shuningdek, yangi texnologiyalar va interaktiv usullarni qo'llash, masalan, virtual cholg'u asboblar va o'quv ilovalarining o'quv jarayonini samarali qilishdagi roli haqida so'z yuritilgan. Tadqiqotda zamonaviy pedagogik yondashuvlar orqali bolalarning musiqaga bo'lgan qiziqishini oshirish va musiqiy qobiliyatlarni rivojlantirish zarurligi ta'kidlangan.
Fields of Study & Subjects
Diverse Music Education Insights
Music Education and Analysis
Child Development and Education
Publication details
- Journal / source
- Zenodo (CERN European Organization for Nuclear Research)
- Publication date
- 1 January 2026
- Language
- RU