MUSIQA DARSLARI SAMARADORLIGINI O'STIRISHDA SUN'IY INTELLEKTNING TA'SIRI
Abstract
bugungi kunda inson aqlini taqlid qila oladigan va odatda insonning aqliy qobiliyatlarini talab qiladigan vazifalarni bajaradigan dasturiy va apparat tizimlarini yaratish va rivojlantirish bilan shugʻullanadigan sun'iy intellektga ehtiyoj oshib bormoqda. Sun'iy intellektning asosiy maqsadi – ma'lumotlarni tahlil qilish, tajribadan bilim olish, qarorlar qabul qilish, muammolarni hal qilish va inson qobiliyatiga oʻxshash harakatlarni bajarishga qodir. Sun'iy intellekt tibbiyot, moliya, avtomobilsozlik, ta'lim, san'at va boshqa koʻplab sohalarda qoʻllaniladi. Sun'iy intellekt tajriba bilan oʻrganish va yaxshilash, oʻzgaruvchan sharoit va muhitga moslasha oladigan tizimlarni yaratishga intiladi. Sun'iy intellektning muhim xususiyati katta hajmdagi ma'lumotlarni qayta ishlash va undagi naqshlarni topish qobiliyatidir, bu esa uni tahlil qilish va prognozlash uchun kuchli vositaga aylantiradi. Mamlakatimizning uzluksiz ta'lim tizimini isloh qilish va takomillashtirish, unga ilg'or pedagogik hamda raqamli texnologiyalarni joriy qilish, ta'lim samaradorligini oshirishga e'tibor kuchaytirildi. Ta'lim jarayoniga zamonaviy yondashuvlar so'nggi yillarda tizimda sezilarli o'zgarishlarni keltirib chiqardi. Shu nuqtai nazardan qaraganda, musiqa ta'limiga qo'yiladigan talablar o'zgardi. Endilikda musiqiy ta'lim tizimi faqat nazariy musiqiy ma'lumot, tushuncha, kuy va qo'shiqlarni kuylash hamda tinglashni o'rgatish bilan cheklanilmaydi. Balki sun'iy intellekt orqali o'quvchilarning musiqa sohasida ijodiy fikrlash va mustaqil qaror qabul qilish qobiliyatlarini ham shakllantirishga qaratiladi. Shu jihatdan mamlakatimiz musiqa ta'limi jarayonida musiqiy ta'lim faoliyatlarini sun'iy intellekt yordamida tashkil etishda zamonaqviy yondashuvlarni amaliyotga joriy etishiga erishish muhim hisoblanadi. Ushbu maqolada zamonaviy musiqa darslari samaradorligini o'stirishda sun'iy intellektning ta'siri, hamda, musiqa asarlarining mazmuni va mohiyatini o'quvchilar ongiga singdirish usullarini bayon etishdir. Maqolada musiqa darslari samaradorligini o'stirishda sun'iy intellektning ta'sirini asoslab berish, interaktiv metodlar, texnologiyalardan foydalanib musiqiy ta'limda sun'iy intellektdan zamonaviy yondashuv samaradorligi va uning o'quvchilarga ta'sirini o'rganib chiqish orqali musiqiy ta'limni yanada rivojlantirish mumkinligi ko'rsatiladi. Shuningdek, maqolaning maqsadi faqatgina sun'iy intellektdan foydalanib ta'lim jarayonini yaxshilash emas, balki o'quvchilarning musiqiy faoliyatlari orqali ularning ma'naviymadaniyatini rivojlanishiga erishish yo'llarini aniqlashdir. Shu bois maqolada ta'lim mazmunini faqat nazariy bilimlar bilan cheklab qo'ymasdan, balki musiqani amaliy faoliyat sifatida o'rganishning afzalliklari ham yoritiladi. Mazkur tadqiqotning maqsadlaridan yana biri – sun'iy intellektdan foydalanish natijasida musiqa o'qituvchilarini yangi pedagogik yondashuvlarga tayyorlash, ularda sun'iy intellekt vositasida zamonaviy metodlarni qo'llashga bo'lgan motivatsiyani oshirish bo'yicha samarali yo'llarini ko'rsatishdir. Natijada maqola musiqa darslari samaradorligini o'stirishda sun'iy intellektning ta'sirini yanada takomillashtirish, o'quvchilarda musiqa materiallariga bo'lgan qiziqishni o'stirishga xizmat qiladi. Tadqiqot olib borilayotgan fan va sun'iy intellektning musiqa darslari samaradorligini o'stirishda ta'siri va o'quvchilar bu fanni o'zlashtirishdagi imkoniyatlarini o'rganishdan keying jarayonlarni tahlil qilish uchun 10 dan ortiq ilmiy maqolqlardan iborat korpus yaratildi. Yig'ilgan maqolalar 2021-2025 yillar oralig'ida xalqaro va mahaliy akademik jurnallarda chop etilgan. Bu maqolalar tahlil qilindi va qiyosiy natijalar olindi. Umuman olganda,maqola uchunmateriallar maktabdamusiqa darslari samaradorligini o'stirishda sun'iy intellekt ta'sirini boyitishga yo'naltirilgan musiqa o'qitish metodikasi, musiqa pedagogikasi va didaktik texnologiyalar bo'yicha mavjud adabiyotlardan foydalanilgan. Tadqiqotda sun'iy intellektdan foydalanishning sifatli va qiyosiy tahlil metodlari qo'llanildi. Birinchidan, musiqa darslari samaradorligini o'stirishda sun'iy intellektning ta'siri bo'yicha mavjud nazariy manbalar tahlil qilinib, lg'or xorijiy va mahalliy tajribalar o'rganildi. Ikkinchidan, maktab musiqa darslari samaradorligini o'stirishda sun'iy intellektning ta'sirini kuzatuvlar olib borildi va o'qituvchilarning dars jarayonini sun'iy intellekt vositasida tashkil etishdagi yondashuvlari o'rganildi. Bu jarayonda o'quvchilarning musiqa darslari jarayonidagi faolligi, qiziquvchalik darajasi, kuylarni diqqat-e'tibor bilan tinglashi, qo'shiqlarni ifodali kuylashga harakat qilishi, ijodiy topshiriqlarga bo'lgan munosabati alohida qayd etildi. Metodologik jihatdan maqolada musiqa darslari samaradorligini o'stirishda sun'iy intellektning ta'sirini aniqlash uchun qiyosiy taqqoslash usuli ham qo'llanib, zamonaviy texnologiyalar asosida tashkil etilgan musiqa darslarining samaradorligi qiyoslandi. Shuningdek, pedagogik eksperiment sifatida ayrim maktablarda musiqiy darslar samaradorligini o'stirishda sun'iy intellektning ta'siri dinamikasi kuzatildi. Yig'ilgan materiallar o'rganilishi natijasida ishtirok etuvchi belgilardan foydalanish usullari aniqlandi. Musiqa ta'limida sun'iy intellektdan foydalanish jarayonini samarali tashkil etish va faoliyatga o'quvchilarni jalb etish juda muhimdir, chunki sun'iy intellekt o'quvchilarni musiqiy qobiliyatlarini rivojlantirish, ularda musiqiy madaniyati asoslarini tarbiyalashda ijobiy ta'sir ko'rsatadi. Sun'iy intellektdan foydalanish musiqa darslari samaradorligini o'stirish uchun keng imkoniyatlar yaratadi. Ayniqsa, o'quvchilarni ijodiy fikrlashni rivojlantirishga qaratilgan musiqiy faoliyatlar, masalan, musiqa tinglash, musiqa ijodkorligi, musiqa asari xususida ma'lumotlar to'plash, qo'shiqlarni ifodali kuylash qobiliyatlarini rivojlantiradi. Musiqa darslarida sun'iy intellektdan foydalanish uchun o'qituvchi o'z pedagogik faoliyatini doimiy ravishda yangilab, takomillashtirib borishi lozim. Zamonaviy musiqa darslarida sun'iy intellektdan foydalanish talablari shuni ko'rsatadiki, an'anaviy metodlar bilan cheklanish nafaqat samaradorlikni pasaytiradi, balki o'quvchilarning ijodiy salohiyatini to'liq rivojlantirish imkoniyatini ham pasaytiradi. Shu bois o'qituvchi sun'iy intellekt imkoniyatlaridan foydalanish metodlarini o'rganishi, darslarni interaktiv va kreativ shakllarda tashkil etishi zarur. Bu jarayonda sun'iy intellekt, shuningdek, oʻyin texnologiyalari, virtual reallik kabi innovatsion oʻqitish usullarini ishlab chiqishni qoʻllabquvvatlashi lozim.
Fields of Study & Subjects
Artificial Intelligence in Education
Artificial Intelligence Applications
Educational Technology and Pedagogy
Publication details
- Journal / source
- Zenodo (CERN European Organization for Nuclear Research)
- Publication date
- 1 January 2026
- Language
- RU