MUSTAQIL TA'LIM VA MUSTAQIL ISH TUSHUNCHALARI VA ULARNING TA'LIM JARAYONIDAGI AHAMIYATI

Read full text
Authors: Madatov Ilhom Yusup o'g'li, Jumayeva Mahbuba Abubakr qizi
Cited by: 0

Abstract

Ushbu maqolada mustaqil ta’lim va mustaqil ish tushunchalarining mazmuni, ularning zamonaviy ta’lim jarayonidagi o‘rni va ahamiyati tahlil qilinadi. Mustaqil ta’lim – talabaning o‘z bilimini mustaqil ravishda izlash, o‘rganish, tahlil qilish va amaliyotga tatbiq etish jarayoni sifatida talqin qilinadi. Mustaqil ish esa talabaning o‘quv dasturi asosida berilgan topshiriqlarni mustaqil bajarish faoliyati bo‘lib, uning mas’uliyat, fikrlash faolligi va kompetensiyalarni shakllantirishdagi roli ko‘rsatib o‘tiladi. Maqolada mustaqil ta’limni tashkil etishning samarali usullari, zamonaviy pedagogik texnologiyalar, raqamli resurslardan foydalanish imkoniyatlari hamda talabalarning o‘quv motivatsiyasi va ijodiy fikrlashini rivojlantirishga ta’siri yoritiladi. Shuningdek, mustaqil ishning o‘quv sifatini oshirish, talabaning o‘z ustida ishlash madaniyatini rivojlantirish va kasbiy kompetensiyalarni shakllantirishdagi ahamiyati tahliliy o‘rganiladi.

Fields of Study & Subjects

Educational Methods and Teacher Development Educational methodologies and cognitive development Innovative Teaching and Learning Methods

Publication details

Journal / source
Zenodo (CERN European Organization for Nuclear Research)
Publication date
16 February 2026
Language
UZ