DAVLAT BUDJET DAROMATLARI VA XARAJATLARI

Read full text
Authors: Berdiqulova Manzura Ganiyeva Nasiba
Cited by: 0

Abstract

Ushbu maqolada davlat budjetining asosiy tarkibiy qismlari — daromadlar va xarajatlarning iqtisodiy mohiyati, ularning shakllanish manbalari hamda taqsimlanish mexanizmlari tahlil qilinadi. Davlat budjeti daromadlarining asosiy manbalari sifatida soliqlar, bojxona to‘lovlari, davlat mulkidan olinadigan daromadlar va boshqa tushumlar ko‘rib chiqiladi. Shuningdek, budjet xarajatlarining ijtimoiy soha, ta’lim, sog‘liqni saqlash, mudofaa va iqtisodiy rivojlanishdagi o‘rni yoritiladi. Maqolada budjet siyosatini samarali olib borish, moliyaviy barqarorlikni ta’minlash hamda davlat mablag‘laridan oqilona foydalanish masalalariga alohida e’tibor qaratilgan. Tadqiqot natijalari davlat budjeti daromadlari va xarajatlarini muvozanatli boshqarish mamlakat iqtisodiy taraqqiyotining muhim omili ekanligini ko‘rsatadi.

Fields of Study & Subjects

Economic and Fiscal Studies Economic Growth and Fiscal Policies Fiscal Policy and Economic Growth

Publication details

Journal / source
Zenodo (CERN European Organization for Nuclear Research)
Publication date
16 February 2026