RAQAMLI IQTISODIYOT SHAROITIDA TARIXIY OBIDALAR ASOSIDA TADBIRKORLIKNI RIVOJLANTIRISHNING IQTISODIY SAMARADORLIGI

Read full text
Authors: Mehribon Xasan qizi Oltinkulova Fаrhod Mahmudovich Tirkashev
Cited by: 0

Abstract

Mazkur tadqiqot, raqamli iqtisodiyot sharoitida tarixiy obidalar negizida tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirishning iqtisodiy samaradorligini oshirish masalalariga bag‘ishlangan. Tadqiqotda tarixiy-madaniy meros obyektlaridan foydalanish jarayonida raqamli texnologiyalar, raqamli platformalar, elektron savdo, smart-turizm va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish orqali tadbirkorlik subyektlarining iqtisodiy faolligini kuchaytirish imkoniyatlari tahlil qilinadi. Shuningdek, tarixiy obidalar atrofida faoliyat yurituvchi kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlarining raqamli transformatsiyasi, ularning investitsiyaviy jozibadorligi, xizmatlar sifati, raqobatbardoshligi va daromadlilik darajasiga ta’siri o‘rganiladi. Tadqiqot doirasida raqamli texnologiyalarni joriy etish natijasida turizm, xizmat ko‘rsatish, savdo, hunarmandchilik va kreativ industriya kabi milliy iqtisodiyot tarmoqlarida yuzaga kelayotgan multiplikativ iqtisodiy samaralar asoslab beriladi. Ilmiy ishda tarixiy obidalar asosida rivojlanayotgan tadbirkorlik faoliyatining iqtisodiy samaradorligini baholash uchun zamonaviy iqtisodiy-statistik, iqtisodiy-matematik va empirik tahlil usullaridan foydalaniladi. Tadqiqot natijalari asosida tarixiy obidalar bilan bog‘liq tadbirkorlikni raqamli rivojlantirishga qaratilgan amaliy taklif va tavsiyalar ishlab chiqiladi hamda ularni milliy iqtisodiyot tarmoqlarida qo‘llash mexanizmlari taklif etiladi.

Fields of Study & Subjects

Digital Economy and Transformation Cultural Heritage Management and Preservation Archaeology and Cultural Heritage

Publication details

Journal / source
Zenodo (CERN European Organization for Nuclear Research)
Publication date
16 February 2026
Language
UZ