YASHIL IQTISODIYOT ORQALI DAVLAT BYUDJETINING BARQARORLIGINI TA'MINLASH: EKALOGIK INVESTITSIYALAR, INNOVATSION TEXNOLOGIYALAR VA SOLIQ SIYOSATI

Read full text
Authors: Olloqulov Jahongir Shokir o'g'li Ulmasova Oygul Baxtiyorovna
Cited by: 0

Abstract

Mazkur maqola yashil iqtisodiyot orqali davlat byudjetining barqarorligini ta'minlashning muhim jihatlarini, ayniqsa, ekalogik investitsiyalar, innovatsion texnologiyalar va soliq siyosatini o‘z ichiga olgan holda tahlil etadi. Yashil iqtisodiyotning davlat byudjeti bilan aloqasi, ekologik barqarorlikni ta'minlash, qayta tiklanuvchi energiya manbalariga investitsiyalar va ekologik texnologiyalarni rivojlantirish orqali iqtisodiy o‘sishni kuchaytirish muhim ahamiyatga ega. Maqolada xalqaro tajribalar va statistik ma'lumotlarga asoslanib, yashil iqtisodiyot va soliq siyosati orqali davlat byudjetining barqarorligini ta'minlashning eng samarali yo‘llari ko‘rsatilgan. Tadqiqot doirasida ekologik investitsiyalarning iqtisodiy o‘sish va fiskal barqarorlikka ta’siri, innovatsion texnologiyalarni joriy etish orqali byudjet xarajatlarini optimallashtirish imkoniyatlari hamda soliq siyosatining yashil iqtisodiyotni rag‘batlantirishdagi roli yoritib beriladi. Shuningdek, qayta tiklanuvchi energiya manbalariga yo‘naltirilgan investitsiyalar, resurslardan samarali foydalanish va ekologik toza ishlab chiqarish texnologiyalarining joriy etilishi natijasida uzoq muddatli iqtisodiy barqarorlikka erishish mexanizmlari ko‘rib chiqiladi. Maqolada yashil soliq siyosati, jumladan, ekologik soliqlar, imtiyozlar va rag‘batlantiruvchi fiskal mexanizmlar orqali davlat byudjeti daromad bazasini mustahkamlash imkoniyatlari tahlil qilinadi. Shu bilan birga, atrof-muhitni muhofaza qilishga yo‘naltirilgan investitsiyalar ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishga, bandlik darajasining oshishiga va ekologik xavfsizlikni ta’minlashga xizmat qilishi asoslab beriladi. Tadqiqot natijalari yashil iqtisodiyot tamoyillarini davlat moliya siyosatiga integratsiya qilish orqali byudjet barqarorligini ta’minlash bo‘yicha ilmiy-amaliy xulosalar va takliflarni ishlab chiqishga qaratilgan.

Fields of Study & Subjects

Business and Economic Development Sustainable Finance and Green Bonds Economic and Fiscal Studies

Publication details

Journal / source
Zenodo (CERN European Organization for Nuclear Research)
Publication date
16 February 2026