OZIQ-OVQAT MAHSULOTLARI SAVDOSI XIZMATLARI BOZORINING JORIY HOLATI, RIVOJLANISH TENDENSIYALARI VA OMILLARI
Abstract
Oʻzbekistonda oziq-ovqat mahsulotlari savdosi xizmatlari bozori zamonaviy chakana savdo formatlarining jadal rivojlanishi, iste'molchilar ehtiyojlarining oʻzgarishi va raqamlashtirish ta'sirida qayta shakllanmoqda. Ushbu tadqiqot bozorning joriy holati, asosiy tarmoqlar (supermarketlar, doʻkonlar, online-savdo va yetkazib berish xizmatlari) oʻrtasidagi nisbiy ulush, mintaqaviy tafovutlar, shuningdek, bozorni rivojlantiruvchi va cheklovchi omillarni tahli qiladi. Rivojlanish tendensiyalari sifatida onlayn-platformalar va mobil ilovalarning oʻsishi, sogʻlom ovqatlanishga boʻlgan talabning kuchayishi, logistika va saqlash infratuzilmasi yaxshilanishi hamda xorijiy investorlar faolligining oshishi koʻrib chiqiladi. Bozorning kelajagi iste'molchi qulayligi, texnologik innovatsiyalar va davlat siyosatining integratsiyasiga bogʻliq.
Fields of Study & Subjects
Consumer Market Behavior and Pricing
Economics of Agriculture and Food Markets
Consumer Retail Behavior Studies
Publication details
- Journal / source
- Zenodo (CERN European Organization for Nuclear Research)
- Publication date
- 16 February 2026
- Language
- UZ