O'ZBEKISTONDA XIZMAT KO'RSATISH SOHASINING RIVOJLANISH TENDENSIYALARI

Read full text
Authors: Yorbekova Dilorom Muxammadkulovna
Cited by: 0

Abstract

Mazkur maqolada O‘zbekiston Respublikasida xizmatlar sohasining 2018–2025-yillar oralig‘idagi rivojlanish dinamikasi, tarkibiy o‘zgarishlari hamda iqtisodiy o‘sishga ta’siri kompleks tarzda tahlil qilinadi. Tadqiqot natijalariga ko‘ra, xizmatlar sohasi mamlakat yalpi ichki mahsulotida tobora muhim o‘rin egallab bormoqda. Xususan, 2018-yilda xizmatlar hajmi 19 mlrd AQSh dollarini tashkil etgan bo‘lsa, 2024-yilga kelib ushbu ko‘rsatkich 65 mlrd dollarga yetdi. 2025-yil uchun esa 82 mlrd dollarlik hajm va 15 foizlik o‘sish sur’ati prognoz qilinmoqda. Tadqiqot davomida statistik ma’lumotlar, davlat dasturlari va sohaviy tahlillar asosida xizmatlar sektorining asosiy yo‘nalishlari — savdo, transport, aloqa, turizm va raqamli xizmatlarning iqtisodiy rivojlanishga ta’siri baholandi. Shuningdek, sohani yanada rivojlantirishga doir amaliy taklif va tavsiyalar ishlab chiqildi.

Fields of Study & Subjects

Economic and Industrial Development Economic Development and Regional Competitiveness Economic Issues in Ukraine

Publication details

Journal / source
Zenodo (CERN European Organization for Nuclear Research)
Publication date
16 February 2026
Language
UZ