ASOSIY VOSITALARNI BALANSDAN CHIQARISH HISOBINING BHMS ASOSIDA TAKOMILLASHTIRILISHI
Abstract
Ushbu maqolada raqamli iqtisodiyot sharoitida xo‘jalik yurituvchi subyektlarda asosiy vositalar buxgalteriya hisobi va auditini takomillashtirish masalalari yoritilgan. Tadqiqot davomida asosiy vositalarning iqtisodiy mohiyati, ularni hisobga olish va balansdan chiqarish jarayonlari, shuningdek, BHMS talablari asosida tuzilgan buxgalteriya provodkalarining amaliy ahamiyati tahlil qilindi. Qishloq xo‘jaligi korxonalari misolida asosiy vositalar hisobi va auditining amaldagi holati o‘rganilib, raqamli texnologiyalarni joriy etish orqali hisob va audit jarayonlarining shaffofligi hamda ishonchliligini oshirish bo‘yicha ilmiy-amaliy takliflar ishlab chiqildi.
Fields of Study & Subjects
Agricultural and Financial Auditing
Accounting and Financial Management
Accounting Theory and Financial Reporting
Publication details
- Journal / source
- Zenodo (CERN European Organization for Nuclear Research)
- Publication date
- 16 February 2026
- Language
- UZ