KASBGA O'RGATUVCHI MAKTABLARDA BUXGALTERIYA HISOBINI TAKOMILLASHTIRISH MASALALARI

Read full text
Authors: Bobomurodov G'ayrat Ro'zi o'g'li
Cited by: 0

Abstract

Maqolada kasbga o‘rgatuvchi maktablarda buxgalteriya hisobini tashkil etish va yuritishning dolzarb masalalari tadqiq etilgan. Tadqiqot jarayonida mazkur tashkilotlarda xarajatlar hisobining amaldagi holati tahlil qilinib, xizmatlar tannarxiga doir axborotlarning yetarli darajada shaffof emasligi aniqlangan. Muammoni hal etish maqsadida kasbga o‘rgatuvchi maktablarning hisob siyosatini takomillashtirish doirasida xarajatlarni asosiy ma’rifiy faoliyat va kasbga o‘rgatuvchi xizmatlar kesimida alohida hisobga olishni ta’minlovchi ilmiy-metodik yondashuv taklif etilgan. Xususan, hisob siyosatiga 2010 – “Kasbga o‘rgatuvchi faoliyati bo‘yicha xarajatlar” va 2020 – “Ma’rifiy faoliyat bo‘yicha xarajatlar” schyotlarini kiritish asoslab berilgan. Taklif etilgan yondashuv xizmatlar tannarxini aniqlash aniqligini oshirish, xarajatlar hisobida shaffoflikni ta’minlash hamda boshqaruv qarorlarini qabul qilish sifatini yaxshilashga xizmat qiladi.

Fields of Study & Subjects

Accounting Theory and Financial Reporting Accounting and Financial Management Accounting and Organizational Management

Publication details

Journal / source
Zenodo (CERN European Organization for Nuclear Research)
Publication date
16 February 2026
Language
UZ