DEPRESSIV HOLATLARNING YURAK-QON TOMIR KASALLIKLARI BILAN O'ZARO BOG'LIQLIGI

Read full text
Authors: Alimova Zebiniso Farxodjon qizi, Abduraupova Maftuna Yunusjon qizi, Odiljonov Ozodbek Odiljon o'g'li
Cited by: 0

Abstract

Ushbu maqolada depressiv holatlarning yurak-qon tomir kasalliklari bilan o‘zaro bog‘liqligi ilmiy-nazariy va klinik jihatdan tahlil qilinadi. Tadqiqotlar shuni ko‘rsatadiki, depressiya nafaqat ruhiy salomatlikka, balki somatik tizimlarga, xususan yurak-qon tomir tizimiga ham salbiy ta’sir ko‘rsatadi. Depressiv buzilishlar arterial gipertenziya, ishemik yurak kasalligi, miokard infarkti va insult rivojlanish xavfini oshiradi. Shuningdek, surunkali stress, vegetativ nerv tizimidagi disbalans, yallig‘lanish markerlarining ortishi hamda kortizol darajasining yuqoriligi yurak faoliyatiga salbiy ta’sir etuvchi omillar sifatida namoyon bo‘ladi. Maqolada psixoemotsional holatni barqarorlashtirish, erta diagnostika va kompleks profilaktika choralari yurak-qon tomir kasalliklarining oldini olishda muhim ahamiyat kasb etishi asoslab beriladi

Fields of Study & Subjects

Cardiac Health and Mental Health Heart Rate Variability and Autonomic Control Psychosomatic Disorders and Their Treatments

Publication details

Journal / source
SOUTH ARAL SEA MEDICAL JOURNAL
Publication date
16 February 2026
Language
UZ