MEHNATGA HAQ TO'LASH HISOBI VA KPI TIZIMINI TAKOMILLASHTIRISH YO'LLARI

Read full text
Authors: Umirov Ulug'bek Tayirbayevich
Cited by: 0

Abstract

Maqolada hozirgi sharoitda mehnatga haq to‘lash tizimini takomillashtirish va uni asosiy samaradorlik ko‘rsatkichlari (KPI – Key Performance Indicators) bilan bog‘liq holda tashkil etishning dolzarbligi keng yoritilgan. Xodimlar mehnatini baholashda, ularni rag‘batlantirishda va umumiy samaradorlikni oshirishda KPI tizimi muhim vosita sifatida tan olinmoqda. Ayniqsa, xizmat ko‘rsatish sohasi, xususan turizm sektori kabi inson resurslariga to‘liq bog‘liq tarmoqlarda bu yondashuvning ahamiyati yanada ortadi. Maqolada KPI tizimining nazariy asoslari, chet el olimlari tomonidan ishlab chiqilgan konseptual yondashuvlar, jumladan R. Kaplan va D. Norton tomonidan taklif etilgan Balanced Scorecard modeli, G. Cokinsning samaradorlikni boshqarish g‘oyalari va P. Druckerning maqsadlar asosida boshqaruv konsepsiyasi tahlil qilinadi. Ushbu nazariy yondashuvlar asosida KPI ko‘rsatkichlarini tashkilot strategiyasi bilan bog‘lash, ularni real amaliyotda tatbiq etish muammolari va imkoniyatlari yoritib beriladi.Shuningdek, maqolada Samarqand viloyati Turizm boshqarmasi misolida amaliy tahlil olib borilgan. Boshqarmaning mavjud mehnatga haq to‘lash amaliyoti, KPI ko‘rsatkichlarining mavjudligi va ularning amaliy qo‘llanilishi baholangan. Tahlil natijasida KPI’larning hali to‘liq joriy etilmagani, rag‘batlantirish tizimining xolis va shaffof mexanizmlarga asoslanmagani aniqlangan. Shu bois, maqolada KPI’ni tizimli asosda joriy etish, xodimlarning faoliyatini aniqlashtirilgan mezonlar asosida baholash va zamonaviy boshqaruv vositalarini joriy qilish bo‘yicha takliflar ishlab chiqilgan. Maqola nazariy va amaliy yondashuvlarning uyg‘unligiga tayangan bo‘lib, ilmiy-amaliy tavsiyalar, real holatlar asosida tahliliy qarashlar va xorijiy tajribalar bilan boyitilgan. Ushbu maqola turizm sohasidagi davlat tashkilotlari, boshqaruv organlari va inson resurslarini boshqarish bilan shug‘ullanuvchi mutaxassislar uchun foydali nazariy va amaliy manba bo‘lib xizmat qilishi mumkin.

Fields of Study & Subjects

Accounting and Organizational Management Employee Performance and Management Employee Performance and Motivation

Publication details

Journal / source
Zenodo (CERN European Organization for Nuclear Research)
Publication date
16 February 2026