O'zbekistonning eng yangi tarixini o'rganishda interfaol metodlar va pedogogik texnologiyalar samarasi
Abstract
Mazkur maqolada Oʻzbekistonning eng yangi tarixini oʻrganish jarayonida interfaol metodlar hamda zamonaviy pedagogik texnologiyalardan foydalanishning ta‘lim samaradorligiga ta‘siri tahlil qilinadi. Unda tarix fanini oʻqitishda muammoli ta‘lim, klaster, aqliy hujum, debat, keys-stadi kabi interfaol usullarning oʻquvchilarda tarixiy tafakkur, mustaqil fikrlash va tahlil qilish koʻnikmalarini shakllantirishdagi oʻrni yoritib beriladi. Shuningdek, axborot-kommunikatsiya texnologiyalari, multimedia vositalari va raqamli ta‘lim platformalarining dars jarayoniga integratsiyasi orqali bilimlarning puxta oʻzlashtirilishiga erishish imkoniyatlari koʻrsatib oʻtiladi. Tadqiqot natijalari interfaol yondashuvlar Oʻzbekistonning eng yangi tarixini oʻqitishda ta‘lim sifati va samaradorligini oshirishga xizmat qilishini tasdiqlaydi.
Fields of Study & Subjects
Educator Training and Historical Pedagogy
Educational Methods and Teacher Development
Education
Innovation and Language Studies
Publication details
- Journal / source
- SAMARALI TA’LIM VA BARQAROR INNOVATSIYALAR JURNALI
- Publication date
- 16 February 2026
- Language
- UZ