CHORVACHILIKDA QORAMOL KASALLIKLARiNI ANIQLASHDA TURLI MODELLARNI QO'LLASH VA SAMARADORLIGINI OSHIRISH TEXNOLOGIYASI

Read full text
Authors: Primova X.A., Jalilova M.M., Xaniyev N., Turg'unova N. M
Cited by: 0

Abstract

Hozirgi kunda aqlli chorvachilik fermalarini rivojlantirish jarayonida qoramol kasalliklarini erta aniqlash muhim ahamiyat kasb etmoqda. Ushbu maqolada sun’iy intellekt, mashinaviy o‘rganish va IoT texnologiyalaridan foydalangan holda qoramollar salomatligini kuzatish va tahlil qilishga mo‘ljallangan algoritmik va dasturiy ta’minot yechimlari tahlil qilinadi. Tadqiqot natijasida biometrik ma’lumotlarni (harorat, yurak urishi, harakat faolligi) qayta ishlash orqali kasalliklarni erta bosqichda aniqlash algoritmi ishlab chiqildi. Ushbu tizim fermerlarga hayvonlarning sog‘lig‘i to‘g‘risida real vaqt rejimida ma’lumot berib, kasalliklarning oldini olish va chorvachilik xo‘jaliklarining samaradorligini oshirishga xizmat qiladi. Shuningdek, maqolada taklif etilgan dasturiy ta’minotning texnik jihatlari, ma’lumotlarni qayta ishlash metodlari va amaliy qo‘llanilish imkoniyatlari yoritib berilgan.

Fields of Study & Subjects

Smart Agriculture and AI Internet of Things and AI Water Quality Monitoring Technologies

Publication details

Journal / source
Zenodo (CERN European Organization for Nuclear Research)
Publication date
16 February 2026
Language
UZ