OLIY TA'LIM MUASSASALARIDA INTEGRALLASHGAN AXBOROT TIZIMINI LOYIHALASH VA UNING SAMARADORLIGINI BAHOLASH (YANGI ASR UNIVERSITETI MISOLIDA)
Abstract
Mazkur maqolada oliy ta’lim muassasalari faoliyatini kompleks raqamlashtirishga qaratilgan integratsiyalashgan platformani ishlab chiqish jarayonida olingan natijalar, uslubiy yondashuvlar va amaliy qo‘llanilish tajribasi yoritiladi. Tadqiqot davomida universitet boshqaruvi, qabul jarayoni, talabalar bilan ishlash, moliyaviy operatsiyalar va elektron kutubxona kabi jarayonlarning yagona raqamli tizimga birlashtirilishi samaradorlik va xavfsizlik nuqtayi nazaridan tahlil qilindi. Ishlab chiqayotgan platformamiz Yangi Asr universiteti jarayonlariga moslashtirildi va bu orqali oliy ta’lim muassasasida raqamli boshqaruvning real ta’siri o‘rganildi.
Fields of Study & Subjects
Educational Management and Quality
Educational Innovations and Challenges
Enterprise Management and Information Systems
Publication details
- Journal / source
- Zenodo (CERN European Organization for Nuclear Research)
- Publication date
- 16 February 2026
- Language
- UZ